«Manchester Siti» «Barselona» himoyachisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411
"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtiti faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi L'Equipe nashri.
OAV xabarlariga ko'ra, "shaharliklar" Emerik Lyaport jarohat olgani sababli qishda mudofaa chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan.
"Manchester Siti" yanvarda 26 yoshli Umtitini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yil 30 iyunigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Umtiti "Barsa" tarkibida 5 ta o'yin o'tkazdi.
Transfermarkt.de portali futbolchini 45 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!