EChL. «Atletiko» - «Lokomotiv». Uchrashuv hakamlari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312
UEFA chorshanba kuni Ispaniyada bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-tur uchrashuvi "Atletiko" - "Lokomotiv" o'yinini boshqarib boradigan hakamlarni e'lon qildi.
"Atletiko" - "Lokomotiv" uchrashuvini vengriyalik Viktor Koshshoi boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Gorgi Ring va Ventsel Tot yordam beradi.
Videoyordamchi hakam - Shimon Marchinyak, videoyordamchi assistenti - Tomash Kviatkovskiy (ikkalasi Polshadan).
To'rtinchi hakam - Tomash Bognar (Vengriya).
"Atletiko" - "Lokomotiv" o'yini 11 dekabr kuni "Vanda Metropolitano" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 01: 00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!