Mbappe Tuxelga o'z noroziligi oshkora namoyish qildi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya chempionatining 17-turi doirasida "Monpele"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda zaxiraga olingani uchun jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxeldan ranjidi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, frantsiyalik futbolchi 90-daqiqada zaxira olinib, uning o'rniga Erik Maksim Shupo-Moting tushirildi. Kilian maydonni tark etish chog'ida murabbiy uning yoniga kelib, o'z qarorini tushuntirmoqchi bo'ldi. Ammo Mbappe oshkora tarzda murabbiydan yuz o'girdi va unga e'tibor qaratmaslikka harakat qildi.
20 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "PSJ" safida 14ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!