Luis Suares: «Malorka» darvozasiga urilgan gol — faoliyatimdagi eng yaxshisi» (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 511
"Barselona" hujumchisi Luis Suares La liganing 16-turi doirasida bo'lib o'tgan "Malorka"ga qarshi o'yinda (5:2) urgan goli borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bu faoliyatimdagi eng yaxshi gol. Tovon bilan zarba bersam, gol urishim mumkinligini bilgan holda zarba berdim. Darvozabondan to'pni qaytarish uchun imkoniyat borligi uchun to'pning erga tegib sakrashini kutgandim.
Hozirgi kunda yuqori ishonch bilan o'ynayapmiz va bugun buni namoyish qildik. Hujumda bir-birimizni yaxshi tushunib o'ynadik. Bu esa zo'r", – dedi Suares "Marca" nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!