«Oltin to'p»ga eng loyiqlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 832
Ushbu mavzu atrofidagi bahs va munozaralar haligacha davom etayotganidan xabaringiz bor. Bugun ushbu sovringa hech kimda hech qanday shubha qoldirmay ega chiqqan futbolchilar va ular qo'lga kiritgan yutuqlar haqida so'z boradi. Ular o'z taqibchilarini katta farq bilan ortda qoldirishga muvaffaq bulibgina qolmay, so'rovnoma tarixida yangi rekordlarni o'rnatishni uddalagan chinakam g'oliblardir.
Lionel Messi 2009-yil
Darhaqiqat, argentinalik hujumchi o'sha yili klublar miqiyosida qo'lga kiritish mumkin bo'lgan barcha musobaqada g'olib chiqishni uddalagan edi. Ichki birinchilik, kubog va super kubog bahslarida gol kiritibgina qolmay, EChLda ham jamoasi uchun kerakli futbolchiga aylanishga muvaffaq bo'lgan edi. Yangi mavsum startiga qadar «UEFA subper kubogi» va klublar o'rtasidagi JChda ham g'olib chiqqan qahramonimiz o'zining eng yaxshi mavsumlaridan birini o'tazgan edi. Ko'plab mutaxassislarning fikricha, aynan 2009-yildan butun dunyoda «Messimaniya» boshlangan ekan. O'zining ilk «oltin to'p»ini qo'lga kiritgan yilda Messi 38 ta gol 18 ta golli uzatmani amalga oshiradi. Shuningdek, o'sha yili Messi «UEFA» va «FIFA» tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etilgani tahsinga sazovar. «Oltin to'p» sovrini uchun bo'lib o'tgan so'rovnomada Messi katta farq bilan haqli tarzda g'alaba qozonadi va 10 yil davom etadigan Ronaldu va Messi davri boshlanadi.
Yohan Kroyf-1971
1971-yilda bo'lib o'tgan so'rovnomaning kuchli uchligidan joy olgan Sandro Matsolla, Jorj Best va Yohan Kroyf o'rtasidagi kurashning qanday natija bilan tugashi oldidan ma'lum edi. O'sha yili itaiyalik futbolchi ichki birinchilikda g'olib chiqqan bo'lsa, Jorj Best birorta sovringa ega chiqishni uddalay olmaydi. Ulardan farqli o'laroq Yohan Kroyf Evropa chempionlar kubogi va ichki birinchilikda g'olib chiqishnu uddalaydi. «Ayaks» uchun 27 ta va terma jamao uchun 6 bor gol kiritgan uchar golland o'yin sifati va tomoshabopligi borasida ham qolgan da'vogarlardan yaqqol ajralib turadi. So'rovnoma ham kutilganidek Kroyf g'olib chiqadi. «France Football» nashri bergan ma'lumotlarga qaraganda, so'rovnomada Kroyf 116 ta ovoz oladi. Bu o'sha davr uchun 95 foiz degani ekan!
Ronaldo 1997-yil
«Barselona» safida to'p surgan Ronaldoni o'sha yili to'xtatib qolishning iloji yo'q edi. «Kubok egalari kubogi» musobaqasida g'olib chiqqan «so'yloq» finaldagi yagona golga mualliflik qiladi. O'sha yili qahramonimiz o'z klubi uchun 47 ta gol kiritgan bo'lsa, terma jamao safida yana 15 bor raqib darvozalarini ishg'ol etadi va konfederatsiyalar kubogi va «Kopa Amerika» musobaqalarida g'olib chiqadi. Bundan tashqari, yozda o'sha darlar uchun rekord summa (27 million evro) evaziga «Barselona»dan «Inter»ga o'tgan Ronaldo qanchalar qadrli futbolchi ekanligini barchaga ko'z-ko'z qilib qo'ydi. Uning natijalari oldida ichki birinchilikdagina g'olib bo'lgan Miyatovich va Zidanni muxlislar unutib ham yuborishdi.
Mishel Platini 1984-yil
Frantsiyalik futbol afsonasi o'z faoliyati davomida 3 bor ushbu sovringa ega chiqqan bo'lsada, aynan 1984-yildagi o'yinlari bilan barchaning yodida qolgan desak, adashmagan bo'lamiz. Qahramonimiz «Yuventus» safida o'sh mavsumda ayovsiz davom etgan kurashda «a tseriya» g'olibligini qo'lga kiritibgina qolmay, Frantsiya uchun Evropa chempionligini yutib ham berdi. 5 ta uchrashuvda raqib darvozasini 9 bor ishg'ol qilgan Platini musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb e'tirof etildi. Bundan tashqari, «keksa seniora» safida «Kubok egalari kubogi» va «Super kubog»da zafar quchadi. O'sha yili ko'hna qit'aning eng yaxshi to'purariga aylangan Platinidan tashqari so'rovnomada ishtirok etgan Tigana ikkinchi o'rinni band qilgan bo'lsa, 3-o'rin daniyalik Larssonga nazib etadi. «Oltin to'p» esa, haqli ravishda mavsumning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi.
Ronaldu 2008-yil
Portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida 5 bor sovringa ega chiqqan bo'lsada, hech qachon 2008-yildagi kabi katta farq bilan g'olib chiqmagan desak, adashmagan bo'lamiz. O'sha yili Torres va Messi da'vofarlar uchligini yakunlab bergan bo'lsada, Ronaldu ulardan bir bosh balandroq o'yin va natija ko'rsatishga muvaffaq bo'ladi. Torres «Liverpul» uchun barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 32 ta gol kiritgan bo'lsa, Messi 17 ta gol bilan cheklanishga majbur bo'ladi. Ronaldu esa, EChL va APLning to'purari va eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Bundan tashqari, u APL va EChLda g'olib chiqibgina qolmay, eng muhim gollarni kiritadi va futbol olamiga yangi qirollardan biri kirib kelganini ko'rsatib qo'yadi.