Osiyo kubogi. Janubiy Koreya kichik hisobda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22603
Osiyo kubogi-2019 musobaqasi doirasida "S" guruhida 1-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Janubiy Koreya terma jamoasi guruh autsayderlaridan biri Filippinga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
O'yin davomida koreyaliklar xavfli vaziyatlarni ko'proq yaratishdi. Filippinliklar ham qarab turishmadi: ularning bir nechta zarbalari xavfli chiqdi. O'yindagi yagona gol uchrashuvning 67-daqiqasida Xvang Uy-Jo tomonidan urildi.
Shu tariqa, Paulo Bentu shogirdlari 3 ochkoni o'z hisoblariga yozib qo'yishdi.
Osiyo kubogi-2019. "S" guruhi, 1-tur
Janubiy Koreya – Filippin - 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 67 Xvan Uy Chjo.
Janubiy Koreya – Kim Seung Gyu, Kim En Gvon, Li En, Kim Chjin Su, Kim Min Chje, Ku Chja Chxol (Li Chxon En, 64), Li Chje Son (Chju Se Chjon, 86), Chjon U En, Ki Son En (Xvan In Bom, 58), Xvan Uy Chjo, Xvan Xi Chxan.
Filippin – Falkesgor, Alvaro Silva, Sato, Palla, Vudlend, Ingreso (Remzi, 75), Shtrauss (Yangxazbend, 89), Rayxelt, Ott (Rid, 78), Shrek, Patino.
Ogohlantirishlar: Li En (25), Chjon U En (52), Rayxelt (60), Kim Chjin Su (77), Shrek (88).