«Lester»ning sobiq murabbiyi «Uotford»ni boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301
Nayjel Pirson "Uotford"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
56 yoshli mutaxassis bilan shartnoma mavsum yakuniga qadar imzolandi.
Murabbiy kelasi haftadan o'z faoliyatini boshlaydi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
Pirson "Lester"da 2008 yildan 2010 yilgacha va 2011 yildan 2015 yilgacha faoliyat olib borgan.
Ma'lumot uchun "Uotford" Angliya chempionatida 15 turdan keyin 8 ochko to'plagan holda so'nggi o'rinda bormoqda.
Ushbu mavsumda klub ikkita murabbiyni - Xavi Graciya va Kike Sanches Floresni ishdan bo'shatdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!