TsSKA hujumchisi London klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291
Sky Sports xabariga ko'ra, Rossiya yoshlar terma jamoasi hamda SSKA hujumchisi Fyodor Chalov faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkin.
London klubi transferlarga qo'yilgan taqiq olib tashlandi. Endi Chalov yanvardayoq “Chelsi”ga o'tishi mumkin. U Olive Jiruning o'rnini egallashi kutilmoqda.
Bundan tashqari Fyodorga Londonning boshqa bir klubi “Kristal Pelas” ham da'vogar bo'lib turibdi.
TsSKA esa futbolchi transferida 25 mln evro ishlab olishni ko'zlagan. Fyodor joriy mavsum RPLda 16 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!