«Arsenal» so'nggi 42 yil ichidagi eng yomon seriyani qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462

«Arsenal» klubi Angliya chempionatining 15-turidan o'rin olgan «Brayton»ga qarshi o'yinda yutqazdi (1:2). Shu tariqa, londonliklarning g'alabasiz o'yinlar seriyasi 9taga etdi.
Gracenote Live tarqatgan xabarga ko'ra, "kanonirlar" uchun bunday muvaffaqiyatsiz seriya 1977 yildan beri ilk marta qayd etilmoqda. 42 yil avval «Arsenal» ketma-ket 10ta o'yinda g'alaba qozona olmagan edi.
Jamoa so'nggi marta 24 oktyabr kuni Evropa ligasi doirasida «Vitoriya Gimaraesh»ga qarshi o'yinda g'alaba qozongan edi. O'shandan beri londonliklar 6ta o'yinda durang o'ynab, 3 marta yutqazishdi.
«Arsenal» APL jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255