«Everton» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 621

«Everton» bosh murabbiyi Marku Silva o'zi egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Dunkan Fergyuson jamoani vaqtinchalik boshqarib turadi. Shotlandiyalik mutaxassis bungacha Silva boshchiligidagi murabbiylar shtabida ishlayotgan edi.
Silva 2018 yilning 31 may kuni «Everton» klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Mersisaydliklar ushbu mavsumda 15-turdan so'ng APL jadvalida 18-o'rinni egallab turishibdi.
The Mirror tarqatgan xabarga ko'ra, Devid Moyes yoki Diego Simeone jamoaning yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253