«Napoli» Anchelottini iste'foga chiqarishni rejalashtirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti katta ehtimol bilan yaqin vaqt ichida iste'foga chiqariladi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, jamoa A seriya doirasida "Udineze" va Evropa chempionlar ligasi doirasida "Genk"ga qarshi bo'ladigan o'yinlarda g'alaba qozona olmasa, klub rahbariyati murabbiyni iste'foga chiqaradi.
Neapolliklar ketma-ket 8ta o'yindan beri g'alaba qozona olishmayapti. Jamoa 20 ochko bilan jadvalda 7-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Inter"dan 17 ochko ortda qolib ketdi.
Avvalroq Anchelotti futbolchilar boshqa narsalarga chalg'imasliklari uchun ularni 4 kunga jamoa bazasiga qamashni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261