UEFA JCh-2022 saralash bosqichi formatini o'zgartirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1014

UEFA Qatarda o'tadigan jahon chempionati uchun Evropada bo'ladigan saralash bosqichi formati o'zgarayotganini e'lon qildi.
Agar yangi tizim FIFA tomonidan ma'qullansa, 13ta yo'llanma egasi quyidagi tartibda aniqlanadi:
1. 10ta saralash guruhlari g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri JCh yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
2. Qolgan 3ta yo'llanma pley-off bahslari orqali o'ynaladi. Unda quyidagi jamoalar ishtirok etadi:
- Saralash bosqichida guruhlarda 2-o'rinni egallagan 10ta terma jamoa;
- UEFA millatlar ligasi-2020/21 reytingi asosida guruhlarning 2ta g'olibi (saralash guruhlarida 1 va 2-o'rinni egallagan jamoalarni hisobga olmaganda).
Pley-off bosqichining bunday aralash tizimda o'tkazishdan maqsad — Millatlar ligasi ishtirokchilarini rag'batlantirish.
Pley-off bahslari 3ta yo'lga ajratiladi. Jamoalar dastlab bitta o'yindan iborat yarim final bosqichidan o'tishadi. G'olib jamoalar finalda o'ynab, JCh-2022 yo'llanmasiga ega bo'ladi. O'yin qaysi jamoa maydonida o'tishini qur'a aniqlab beradi.
Evropada JCh-2022 saralash bosqichi 2021 yilning mart oyida boshlanadi. 2020 yilning kuz faslida esa UEFA millatlar ligasi o'yinlari bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
207