Manba: "Real"da o'ynagan taniqli hujumchi "Paxtakor"ga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1045

Bir paytlar "Real" va boshqa klublarda o'ynagan, ayni damda Turkiyaning «Qaysarispor» jamoasida harakat qilayotgan hujumchi Emmanuel Adebayor "Paxtakor"ga o'tadi. Bu haqda Turkiyaning «Milliyet» nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 35 yoshli futbolchi 2 dekabr kuni o'tkazilgan «Beshiktosh»ga qarshi o'yindan keyin «Qaysarispor» bilan xayrlashgan. Ma'lumot uchun, mazkur o'yinda u jamoasining yagona golini kiritdi.
Xabarlarga ko'ra, Adebayor «Paxtakor» ustozi Shota Arveladze bilan og'zaki kelishuvga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211