Ibrahimovich: «Tez orada Italiyada ko'rishguncha»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310

Hujumchi Zlatan Ibrahimovich Italiyaga qaytayotganini e'lon qildi.
«Tez orada Italiyada ko'rishguncha. Men o'tayotgan jamoa yana g'alaba qozonishni boshlashi, o'z tarixini yangilashi kerak. Shunda men sizlarni hayron qoldirish uchun o'zimda motivatsiya topa olaman.
Lekin kelishish kerak bo'lgan boshqa omillar ham bor. Men o'z oilamning manfaatlarini ham inobatga olishim zarur», – dedi Ibrahimovich.
Avvalroq 38 yoshli futbolchi «Milan» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi. "Rossoneri" jamoa tashkil qilinganiga 120 yil to'lgan kun — 15 dekabr kuni Ibrahimovichni ommaga tanishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186