Ibrahimovich «Milan» bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403

Zlatan Ibrahimovich o'zining sobiq jamoasi — "Milan"ga qaytishi mumkin. Shvetsiyalik futbolchi "rossoneri" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Bu haqda Telegraph xabar tarqatdi.
Ibrahimovich barcha takliflar, jumladan, APL klublaridan tushgan takliflarga rad javobini berdi. 38 yoshli futbolchi "Milan" bilan mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzolaydi. Shundan so'ng jamoa va futbolchining natijalaridan kelib chiqib kelishuv yana uzaytirilishi mumkin. "Rossoneri" rahbariyati Zlatanning yordami bilan A seriya jadvalining yuqori pog'onasiga qaytishni niyat qilishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257