WBA yangi reytingida Isroil Madrimov yuqoriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1011

Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA professional bokschilarning noyabr oyi uchun reytingini e'lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.
Unga ko'ra, super yarim o'rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4KO) ikki pog'ona yuqorilab 4-o'rindan joy oldi.
Ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliev (7-0, 6 KO) o'tgan oydagi kabi reytingda peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
Super engil (63,5 kg) vazn toifasi vakillari Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) va Shahram G'iyosov (9-0, 7 KO) esa o'tgan oydagi o'rnida qolgan. Ergashev oltinchi, G'iyosov ettinchi pog'onani egallab turibdi.
Reytingda o'zbekistonlik boshqa sportchilar o'rin olmagan.

Bosh sahifaga
214