Luish Figu moliyaviy ahvolini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52

"Barselona", "Real", "Inter" va Portugaliya terma jamoasining afsonaviy sobiq futbolchisi Luish Figu o'zining moliyaviy holatiga baho berdi.
"Menda siz o'ylaganingizdan ko'proq va men xohlaganimdan kamroq pul bor. Tahminan 20 dan 50 million evrogacha", - dedi 52 yoshli Figu.
Agar zarurat bo'lmasa, futbolchilar faoliyatini tugatgach nega ishlaydi, degan savolga Figu shunday javob berdi: "Siz nimadir ishlab chiqarishingiz kerak. Kimdir o'sha mamlakatda ishlashi kerak. Ishbilarmon bo'lish, muvaffaqiyatga erishish, o'z ishini yaxshi bajarish, ish o'rinlari yaratish yaxshi ish deb o'ylayman".
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281