Lyov: «Bu o'lim guruhi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 585

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Evro-2020 final bosqichiga tashlangan qur'a borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, germaniyaliklar Frantsiya va Portugaliya terma jamoalari bilan birga "F" guruhidan o'rin olishdi. Guruhning so'nggi jamoasi saralash pley-off bosqichidan so'ng ma'lum bo'ldi.
"Bu o'lim guruhi. Myunxendagi o'yinlar katta futbol bayramiga aylanadi. Yosh jamoamizni katta sinov kutib turibdi, ammo motivatsiya juda yuqori. Bu saralash bosqichidagi g'alabamiz uchun bizga atalgan sovg'a", - dedi Lyov UEFA saytiga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173