Ulug'bek Baqoev: «Bunyodkor»ni bronza medallar bilan tabriklayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 304
O'zbekiston Superligasi 26-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” hamda “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. O'yindan keyingi matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev ishtirok etib savollarga javob berib o'tdi.
“Bunyodkor”ni tabriklayman. O'yin haqqoniy bo'ldi. Raqibga OChLda omad tilayman. Mavsumni a'lo darajada o'tkazgan futbolchilarimga katta rahmat aytaman.
Selektsiya bilan ishlash doim qiyin. Murabbiy o'z uslubiga qarab futbolchi tanlaydi. Biroq futbolchilarim 3-o'ringa mos edi. Har bir jamoa g'alaba uchun vaqtni cho'zadi. Bu haqida gapirishni xohlamayman.
To'g'ri gol urgandan so'ng hujumkor o'ynadik. Menimcha, o'yin boshida futbolchilar gol o'tkazib qo'yishdan qo'rqib himoyaviy o'ynashdi.
Biz mag'lubiyat uchun o'ynamadik. Raqib kuchli edi. Biz ularni qarshi hujumlarda jazolashga harakat qildik”, -deya Boqoev so'zlarini keltirmoqda Stadion.uz muxbiri.

Bosh sahifaga
274