Allegri «Arsenal»ga rad javobini berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 459

"Yuventus" klubi sobiq murabbiyi Massimiliano Allegri "Arsenal" klubida ishlashni istamadi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatdi.
Unai Emeri iste'foga chiqarilganidan keyin "kanonirlar" italiyalik mutaxassisga taklif bilan chiqishdi. Ammo 52 yoshli murabbiy bu taklifga rad javobini berdi.
Eslatib o'tamiz, hozirda "Arsenal"ni Freddi Yungberg vaqtinchalik boshqarmoqda.
Ma'lumot o'rnida. Massimiliano Allegri 2014-2019 yillar oralig'ida "Yuventus"ni boshqarib, 5 marta Italiya chempionligi, 4 marta Italiya kubogi va 2 marta Italiya superkubogini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
177