Evropa ligasi. Pley-offga chiqqan jamoalar soni 13taga etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 589

Evropa ligasi guruh bosqichining 5-turidan so'ng yana 8ta jamoa pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Portugaliyaning «Braga» va «Sporting», Angliyaning «Vulverxempton», Germaniyaning «Volfsburg», Gollandiyaning "AZ Alkmaar", Kiprning APOEL, Belgiyaning «Gent» va Avstriyaning LASK jamoalari musobaqaning bahorgi qismida o'z ishtiroklarini davom ettirishadi.
Oldinroq Evropa ligasining 4-turidan keyin Ispaniyaning «Sevilya» va «Espanol», Shotlandiyaning «Seltik», Shveytsariyaning «Bazel» va Angliyaning «Manchester Yunayted» klublari muddatidan avval 1/16 final masalasini hal qilishgan edi.
Guruh bosqichining so'nggi turidan keyin pley-offga chiqqan yana 11ta jamoaning nomi aniq bo'ladi. Ularning safiga Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o'rinni egallagan yana 8ta jamoa qo'shiladi.

Bosh sahifaga
248