O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi «CAFA U-23 Women’s Championship-2019»da g'olib chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 278

Tojikistonda bo'lib o'tgan “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasi bugun o'z nihoyasiga etdi.
Unda muddatidan avval chempionlik masalasini hal qilgan O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bugun oxirgi o'yinini Tojikistonga qarshi o'tkazdi. Qiziqarli tarzda kechgan bahsda futbolchi qizlarimiz raqibalari darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi.
Shu tariqa musobaqadagi barcha uchrashuvlarni o'z foydasiga hal etgan terma jamoamiz chempion nomiga sazovor bo'ldi. Bahrom Norsafarov shogirdlari 5ta o'yinda raqiblar darvozasiga 29ta gol urib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
CAFA U-23 Women’s Championship-2019
28 noyabr (payshanba)
Tojikiston – O'zbekiston 0:3
Gollar: Dildora Nozimova (2), Umida Zoirova (8), Nilufar Qudratova (32).

Bosh sahifaga
180