EChL. «G» guruhi. «Leyptsig» so'nggi daqiqalarda durangga erishib, pley-offga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1319

Teng kuchli jamoalar yig'ilgan Evropa chempionlar ligasining «G» guruhida nimchorak finalga chiqqan dastlabki jamoa nomi aniq bo'ldi.
Guruh peshqadami bo'lib turgan "Leyptsig" klubi, kutilmaganda, autsayder "Benfika" bilan o'yinda zo'r-bazo'r durangga erishdi.
Portugaliyaliklar bahsning 60-daqiqasiga kelib Pitstsi va Vinisiusning gollari evaziga 2ta to'p farqi bilan oldingi chiqib olishdi. O'yinning so'nggi daqiqasida Forsberg penaltidan farqni qisqartirgan bo'lsa, ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 6-daqiqada ushbu futbolchining o'zi hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.
Germaniyaliklar ushbu durang tufayli o'z ochkolarini 10taga etkazib, pley-offga yo'l olishdi. 7 ochkodan to'plagan "Zenit" va "Lion" klublarida "Leyptsig"ga etib olish uchun nazariy imkoniyat bordek, ammo rossiyaliklar o'zaro o'yinga ko'ra raqibda o'tib keta olishmaydi.
To'rt ochko jamg'argan "Benfika" esa o'z ishtirokini EChLda davom ettirish uchun imkoniyatni saqlab turibdi. Jamoa so'nggi turda o'z uyida "Zenit"ni qabul qiladi.
"G" guruhi, 5-tur
Zenit Rossiya – Lion Frantsiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 42 Dzyuba, 2:0 – 84 Ozdoev.
Zenit – Kerjakov, Duglas Santos, Karavaev, Ivanovich, Rakitskiy, Barrios, Ozdoev, Kuzyaev (Sutormin, 90), Dzyuba, Azmun (Eroxin, 83), Driussi (Jirkov, 81).
Lion – Antoni Lopesh, Andersen (Guiri, 83), Denayer, Dyubua, Marselo, Traore, Ren-Adelaid, Korne (Sherki, 75), Tuzar, Marsal (Kone, 58), Dembele.
Ogohlantirishlar: Kuzyaev (16), Andersen (29), Marsal (43), Dyubua (44), Barrios (57), Ozdoev (74), Rakitskiy (89).
RB Leyptsig Germaniya – Benfika Portugaliya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 20 Pitstsi, 0:2 – 59 Vinisius, 1:2 – 90, penalti Forsberg, 2:2 – 90+6 Forsberg.
RB Leyptsig – Gulachi (Mvogo, 64), Klostermann, Upamekano, Ampadu (Mukiele, 56), Sarakki (Shik, 70), Demme, Laymer, Forsberg, Zabittser, Nkunku, Verner.
Benfika – Vlaxodimos, Almeyda, Ferru, Ruben Diash, Grimaldo, Taarabt, Servi (Jota, 90), Pitstsi (Kayo, 90), Gabriel, Shikinyu, Vinisius (de Tomas, 82).
Ogohlantirishlar: Taarabt (52), Ruben Diash (89).
| 1 | Leyptsig | 5 | 3 | 1 | 1 | 8-6 | 10 |
| 2 | Zenit | 5 | 2 | 1 | 2 | 7-6 | 7 |
| 3 | Lion | 5 | 2 | 1 | 2 | 7-6 | 7 |
| 4 | Benfika | 5 | 1 | 1 | 3 | 7-11 | 4 |

Bosh sahifaga
160