EChL. «H» guruhi. «Ayaks» 1-o'ringa ko'tarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1195

Evropa chempionlar ligasining kurash eng qizg'in kechayotgan guruhlardan biri. O'tgan mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatgan "Ayaks" klubi ushbu turda asosiy raqiblarning ochko yo'qotishidan unumli foydalanib, 1-o'ringa ko'tarilib oldi.
Amsterdamliklar "Lill" maydoniga safar uyushtirib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. Hakim Ziyosh 2-daqiqadayoq hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Promes farqni ikkitaga oshirdi.
Ushbu g'alaba tufayli "Ayaks"ning ochkolari 10taga etdi. Jamoa so'nggi turda "Valensiya" bilan to'qnash keladi. Bu o'yinda Erik ten Xag shogirdlari durang ham qanoatlantiradi.
Evropa chempionlar ligasi
"H" guruhi, 5-tur
Valensiya Ispaniya – Chelsi Angliya 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 40 Soler, 1:1 – 41 Kovachich, 1:2 – 50 Pulishich, 2:2 – 82 Vass.
Valensiya – Sillessen, Garay, Gabriel Paulista, Gayya, Vass, Parexo, Soler (Li Kan In, 78), Ferran Torres (Koklen, 74), Kosta (Gameyro, 67), Maksi Gomes, Rodrigo.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Djeyms, Zuma, Kristensen, Jorjino (Emerson, 72), Kovachich, Pulishich, Kante, Villian (Maunt, 80), Abraxam (Batshuayi, 46).
Ogohlantirishlar: Jorjino (7), Vass (32), Garay (53), Aspilikueta (55), Kante (73), Arrisabalaga (78), Gabriel Paulista (87).
Lill Frantsiya – Ayaks Gollandiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 2 Ziesh, 0:2 – 59 Promes.
Lill – Menyan, Tiagu Djalo, Reynildu, Chelik, Gabriel, Sumare, Ikone, Andre (Sanshesh, 77), Yazidji (Remi, 82), Bamba (Luis Araujo, 72), Osimxen.
Ayaks – Onana, Martines, Talyafiko, Dest, Mazraui (Alvares, 46), Ziesh (de Yong, 85), Labyad (Lang, 45), Promes, van de Bek, Tadich, Sxyurs.
Ogohlantirishlar: Mazraui (27), Reynildu (29), Osimxen (37).
| 1 | Ayaks | 5 | 3 | 1 | 1 | 12-5 | 10 |
| 2 | Chelsi | 5 | 2 | 2 | 1 | 9-8 | 8 |
| 3 | Valensiya | 5 | 2 | 2 | 1 | 8-7 | 8 |
| 4 | Lill | 5 | 0 | 1 | 4 | 3-12 | 1 |

Bosh sahifaga
213