Ibrahimovich Shvetsiyada klub sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 436

Zlatan Ibrahimovich AEG Sweden kompaniyasi aktsiyalarini sotib oldi. Ushbu kompaniya Shvetsiyaning «Xammarbyu» klubi egasi hisoblanadi.
«Anschutz Entertainment Group o'z aktsiyalarining 50 foizini AEG Sweden va Zlatan Ibrahimovichga sotdi», – deya xabar tarqatdi klub rasmiy veb-sayti.
«Bu o'z vaqtida amalga oshirilgan kelishuv, deb o'ylayman. Boisi, klubimiz so'nggi yillarda yaxshi rivojlandi. Biz kelasi mavsumda Evropa ligasida o'ynaymiz. G'oliblik ruhiyatiga ega bo'lgan Ibrahimovich kabi insonning klubimizga jalb qilinishi — ajoyib. Uning biz bilan hamkorligidan ulkan salohiyatni ko'ryapmiz», – dedi «Xammarbyu» klubi boshqaruv raisi Ikskull.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221