EChL. «V» guruhi. Levandovskidan «poker», «Tottenxem»dan irodali g'alaba va Mourino jamoasi pley-offga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 779

Evropa chempionlar ligasining "V" guruhida "Bavariya" guruh bosqichi tugashiga 2ta tur qolganida pley-off bosqichi yo'llanmasini hal qilib bo'lgan edi.
Myunxenliklar 5-turda "Tsrvena Zvezda" maydoniga tashrif buyurib, raqibni 6:0 hisobida tor-mor etishdi. Polshalik hujumchi Robert Levandovski bugun "poker"ga erishdi.
Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasi esa Londonda Mourino boshchiligidagi "Tottenxem"ni ancha qiynab qo'ydi. Mehmonlar bahsning 6-daqiqasidayoq El-Arabiyning ajoyib zarbasi esaziga hisobni ochishdi. 19-daqiqaga kelib "shporlar"ning himoyadagi ishonchsiz o'yini tufayli Ruben Semedu gretsiyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
"Tottenxem" esa birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqada Dele Allining goli evaziga hisobni bittaga qisqartirishdi.
Ikkinchi bo'limda esa londonliklar g'alabani o'z tomonlariga og'dirishdi. Xarri Keyin ikkita gol urgan bo'lsa, Ore bitta golga mualliflik qildi.
"V" guruhida "Bavariya" birinchi o'rin, "Tottenxem" esa ikkinchi pog'ona bilan pley-off bosqichi yo'llanmasini naqd qildi.
Evropa chempionlar ligasi, "V" guruhi. 5-tur
Tottenxem Angliya – Olimpiakos Gretsiya 4:2 (1:2, 3:0)
Gollar: 0:1 – 6 El-Arabiy, 0:2 – 19 Ruben Semedu, 1:2 – 45+1 Alli, 2:2 – 50 Keyn, 3:2 – 73 Ore, 4:2 – 77 Keyn.
Tottenxem – Gassaniga, Sanches, Ore, Rouz, Alderveyreld, Lukas Moura (Sissoko, 61), Dayer (Eriksen, 29), Alli (Ndombele, 83), Uinks, Son Xiin Min, Keyn.
Olimpiakos – Joze Sa, Elabdellaui, Tsimikas, Ruben Semedu, Merya, Buxalakis (Valbuena, 74), Gilerme, Podense (Randjelovich, 79), Kamara, Masuras, El-Arabiy (Gerrero, 85).
Ogohlantirishlar: Ruben Semedu (39), Alderveyreld (61), Buxalakis (68), Tsimikas (71), Podense (75).
Tsrvena Zvezda Serbiya – Bavariya Germaniya 0:6 (0:1, 0:5)
Gollar: 0:1 – 14 Gorettska, 0:2 – 53, penalti Levandovski, 0:3 – 60 Levandovski, 0:4 – 64 Levandovski, 0:5 – 67 Levandovski, 0:6 – 89 Tolisso.
Tsrvena Zvezda – Boryan, Rodich, Milunovich, Degenek, Gobelich, Marin, Petrovich (Ivanich, 76), Garsiya (Pankov, 69), Kanyas (Vulich, 61), Vukanovich, Boachi.
Bavariya – Noyer, Devis, Boateng, Pavar, Tolisso, Koutino (Perishich, 60), Gorettska, Alkantara, Koman, Martines (Kimmix, 68), Levandovski (Myuller, 77).
Ogohlantirish: Milunovich (6).
| 1 | Bavariya | 5 | 5 | 0 | 0 | 21-4 | 15 |
| 2 | Tottenhem | 5 | 3 | 1 | 1 | 17-11 | 10 |
| 3 | Tsrvena Zvezda | 5 | 1 | 0 | 4 | 3-19 | 3 |
| 4 | Olimpiakos | 5 | 0 | 1 | 4 | 7-14 | 1 |

Bosh sahifaga
212