IFFHS 2019 yildagi eng yaxshi terma jamoalar bosh murabbiyini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 666

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) yakunlanayotgan yilda terma jamoalarni boshqarayotgan murabbiylarning reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush 2019 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Jurnalistlar, ekspertlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada portugaliyalik mutaxassis 112 ball to'pladi.
Ikkinchi o'rinni 102 ochko bilan Braziliya terma jamoasi ustozi Tite egallagan bo'lsa, uchinchi pog'onani Belgiya terma jamoasi murabbiyi Roberto Martines (97 ball) band etdi.
Kuchli beshlikka Dide Desham (Frantsiya, 87 ochko) va Jamol Belmadiy (Jazoir, 61) kiritildi. Oltinchi o'rinni esa Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt band etdi.
1. Fernandu Santush (Portugaliya) – 112
2. Tite (Braziliya) – 102
3. Roberto Martines (Belgiya) – 97
4. Dide Desham (Frantsiya) – 87
5. Jamol Belmadiy (Jazoir) – 61
6. Garet Sautgeyt (Angliya) – 45
7. Roberto Manchini (Italiya) – 42
8. Andrey Shevchenko (Ukraina) – 41
9. Rikardo Gareka (Peru) – 22
10. Nikolya Dyupyui (Madagaskar) – 11.

Bosh sahifaga
183