Uolker: "Siti" jamoa sifatida ishonchni yo'qotdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46

"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uolker Angliya chempionatining 12-turida "Tottenxem"dan qabul qilingan yirik hisobdagi mag'lubiyat (0:4) haqida fikr bildirdi.
"Bu erda turib, nima bo'lganini to'liq anglamagan bo'lsangiz, bu haqda gapirish qiyin. Ammo men chempionlikni qo'lga kiritganimizda shu erda (muxbirlar oldida) turdim, shuning uchun mag'lubiyatdan keyin ham shu erda turaman.
O'tkazib yuborilgan gol himoyachi bo'lishning eng yoqimsiz tomoni. Men gol urish haqida o'ylamayman. Men darvozani golsiz saqlashga haqida qayg'uraman.
Anchadan beri g'alaba qozona olmaganimiz uchun jamoa bo'lib ishonchni yo'qotdik. Biz nimaga erishganimizni eslashimiz kerak. Biroq, endi bu hech narsani anglatmaydi, u allaqachon o'tmishda va tarixga aylandi", dedi Uolker.

Bosh sahifaga
231