Mbappe o'yin paytida nimadan qo'rqadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 669

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe o'yin paytida qo'rquv hissini tuyushini aytib o'tdi.
«Ba'zida men xavotir olaman va qo'rqaman. Muvaffaqiyatsizliklar yuz bersa, shubha paydo bo'ladi. Muhim o'yinda yutqazsang: «Nahotki hammasi tugadi? Hammasi yaxshi edi, endi hammasi tugadi!», deya o'ylay boshlaysan.
Lekin bu uzoq davom etmaydi. Futbolning shunisi yaxshiki, ortiqcha fikrlar uchun senda vaqt qolmaydi», — dedi Mbappe.
Mbappe ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida «PSJ» safida 12ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261