«Metallurg» – «Dinamo» o'yinidagi birinchi gol muallifi kim?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

24-turidan o'rin egallagan “Metallurg” – “Dinamo” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv mezbonlarning yirik g'alabasi bilan intiho topdi. O'yinda hisobni ochgan futbolchi kim bo'ldi?
Bugun o'yin translyatsiyasi “Sport” telekanali orqali namoyish etilganida gol muallifi “Metallurg” yarim himoyachisi Shahzodbek G'ofurbekov bo'lganligi yaqqol ko'rindi. Kecha stadiondan onlayn tarnslyatsiya berganimizda ham, keyin o'yin hisobotini tayyorlaganimizda ham Shahzodbekning zarbasidan keyin to'p darvoza chizig'ini kesib o'tgandek bo'ldi, deb qayd etgandik. Ammo hakam o'yinni to'xtatmadi. Uchrashuv davom ettirilganidan keyin esa o'sha vaziyatning o'zida Kamoliddin Tojievning zarbasidan keyin to'p uzil-kesil to'rdan o'rin egallagach, golni uning nomiga yozgandik. Aslida esa bu gol muallifi Shahzodbek G'ofurbekov ekanligi bugun yana bir bor oydinlashdi. O'zPFL mazkur golni G'ofurbekovning nomiga rasmiylashtiradigan bo'lsa, bu Shahzodbekning Superligadagi ilk goliga aylanadi.
Shuningdek, mazkur uchrashuvda Abrorbek Toshqo'ziev ham o'zining Superligadagi ilk golini kiritdi.

Bosh sahifaga
278