Superliga. «Bunyodkor» qiyin o'yinda g'alaba qozonib, 3-o'ringa ko'tarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382

Superligada 24-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. «Navbahor»ni qabul qilgan «Bunyodkor» juda qiyin o'tgan uchrashuvda muhim g'alabani qo'lga kiritdi.
Bahsni yuqori kayfiyatda, hujumkor ruhda boshlagan toshkentliklar 9-daqiqadayoq mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi. Nurillo To'xtasinov o'zining ajoyib zarbasi bilan darvozani nishonga oldi.
Shundan so'ng o'yin tempi biroz pasaydi va mehmonlar ham hujumkorlikni oshirishdi. Shunday hujumlarning birida Anvar G'ofurov qo'pol xatoga yo'l qo'yib, raqib 17 metrlardan jarima to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'ldi. Aziz Turg'unboev kuchli va aniq zarbasini bilan hisobni tenglashtirdi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketdi.
Ikkinchi bo'limda endi har ikkala jamoa navbati bilan darvozalar oldida hujum tashkil qildi. 67-daqiqada mehmonlar Xurshid G'iyosovga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Firdavs Norsafarov 11 metrlik nuqtaga ko'rsatdi. Penaltini jabrlanuvchining o'zi aniq amalga oshirib, yakunda «Bunyodkor»ga o'ta muhim uch ochkoni taqdim qilgan gol muallifiga aylandi.
Coca Cola Superliga. 24-tur
«BUNYoDKOR» – «NAVBAHOR» - 2:1 (1:1)
Gollar: Nurillo To'xtasinov, 9 - 1:0. Azizbek Turg'unboev, 34 - 1:1. Xurshid G'iyosov, 67-penaltidan - 2:1.
Ogohlantirishlar: Aleksandr Kasyan, 10. Islomjon Qobilov, 14. Nodir Mavlonov, 55. Igor Golban, 82. Mirzohid G'ofurov, 90+3.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Islomjon Qobilov, Anvar G'ofurov, Dilshod Ahmadaliev, Xurshid G'iyosov (Sanjar Tursunov, 70), Javohir Qahramonov, Lutfulla To'raev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To'xtasinov, Shohruh Gadoev, Sanjar Rixsiboev (Jasurbek Jaloliddinov, 49; Vladislav Nuriev, 90+1).
«Navbahor»: O'tkir Yusupov, Ivan Solovev (Ayubxon No''monov, 76), Azizbek Turg'unboev, Aleksandr Kasyan, Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, G'iyosjon Komilov, Abbosjon G'ulomov (Aziz Ibragimov, 62), Nodir Mavlonov, Amirbek Jo'raboev (Shahzod Shaymanov, 58).
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Farhod Usmonov, Zufar Aliboev, Ravshan Abduvohidov.
Nazoratchi: Oleg Dachev.
Komissar: Sardor Qudratullaev.
24 noyabr. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni. 1045 tomoshabin.

Bosh sahifaga
272