«Man Siti» to'p nazorati bo'yicha Gvardiola boshqaruvidagi eng yomon natijani qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 439

"Manchester Siti" klubi to'p nazorati bo'yicha Gvardiola boshqaruvi davridagi eng yomon natijani qayd etdi. Bu haqda Opta xabar tarqatdi.
"Chelsi"ga qarshi Angliya premer-ligasining 13-turi doirasi bo'lib o'tgan o'yinda "shaharliklar"ning to'pni nazorat qilish ko'rsatkichi 46,74%ga teng bo'ldi.
Shuningdek, bu ko'rsatkich Xosep Gvardiola uchun butun faoliyati davomidagi eng yomon natija bo'ldi. Ispaniyalik mutaxassis "Siti", "Bavariya" va "Barselona" boshqaruvida jami 381ta o'yinda murabbiylik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251