A seriya. «Atalanta» yaxshi o'ynab, «Yuventus»ga yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1230

Italiya chempionatining 13-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv yakuniga etdi. «Atalanta» o'z uyida «Yuventus»ga qarshi juda yaxshi o'yin namoyish qilib, mag'lubiyat alamini tortishga majbur bo'ldi.
Ayniqsa, bergamoliklar tanaffusga qadar raqib darvozasiga kamida 2ta to'p kiritishlari kerak edi. 16-daqiqada to'p Sami Xediraning qo'liga tekkani bois "Yuventus" darvozasiga penalti belgiladi. Musa Barrou tomonidan yo'llangan zarba ustunga tegib qaytdi.
Bo'lim o'rtalarida esa mezbonlar yana 2ta vaziyatga ega bo'lishdi. "Keksa sinora" posboni Voytsex Shchesni va himoyachi Mattia De Shilo qiyin vaziyatda o'z jamoasini qutqarishdi.
Ikkinchi bo'lim boshida esa "Atalanta" hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Barrouning uzatmasidan keyin Robin Gosens bosh bilan darvozani ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.
G'oliblik DNKsiga ega bo'lgan "Yuventus" qolgan daqiqalarda 3ta hujum uyushtirdi va 3ta gol urib, g'alabani ilib ketdi. Iguain dublga erishgan bo'lsa, Paulo Dibala o'z hisobiga bitta gol yozdi.
Ushbu g'alaba tufayli "Yuve" o'zining mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasini 35taga etkazib, peshqadamligini mustahkamladi.
Italiya A seriyasi, 13-tur
Atalanta – Yuventus 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar: 1:0 – 56 Gosens, 1:1 – 74 Iguain, 1:2 – 82 Iguain, 1:3 – 90 Dibala.
Atalanta – Gollini, Xatebur, Toloi, Gimshiti, Gosens (Kastan, 71), Gomes, Pashalich, Froyler (Traore, 85), de Ron, Palomino, Barrou (Muriel, 57).
Yuventus – Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, De Shilo, Pyanich, Kuadrado, Bentankur (Duglas Kosta, 58), Xedira (Emre Jan, 70), Bernardeski (Remzi, 26), Dibala, Iguain.
Ogohlantirishlar: Iguain (7), Palomino (10), Dibala (27), Froyler (41), Gosens (45), Kuadrado (45), Toloi (61), Gollini (82).

Bosh sahifaga
309