APL. Mourino «Tottenxem»dagi debyuti omadli bo'ldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2040

Angliya premer-ligasining 13-turi doirasida «Tottenxem» safarda «Vest Xem» bilan to'qnash keldi. Joze Mourinoning "bolg'achilar"ga qarshi debyut o'yini omadli chiqdi.
Mehmonlar dastlabki yarim soat ichida xavfli vaziyat yarata olishmadi. Uchrashuvning 36-daqiqasida esa Son Xeung Min individual mahorati evaziga hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o'tib Lukas farqni ikkitaga oshirgan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Xarri Keyn hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.
O'yinning so'nggi daqiqalarida "Vest Xem" ikkita gol urib, Mourinoni hayajonlanishga majbur qildi.
Ushbu g'alabadan keyin "Tottenxem" o'z ochkolarini 17taga etkazib, vaqtinchalik bo'lsa-da 6-o'ringa ko'tarilib oldi.
Angliya chempionati, 13-tur
Vest Xem – Tottenxem 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 36 Son Xiin Min, 0:2 – 43 Lukas Moura, 0:3 – 49 Keyn, 1:3 – 73 Antonio, 2:3 – 90 Ogbonna.
Vest Xem – Roberto, Kressuell, Ogbonna, Diop (Sanches, 64), Frederiks, Nobl, Felipe Anderson (Antonio, 46), Rays, Snodgrass, Yarmolenko (Fornals, 56), Aller.
Tottenxem – Gassaniga, Devis (Rouz, 75), Sanches, Ore, Alderveyreld, Alli (Eriksen, 79), Uinks, Lukas Moura (Sissoko, 82), Dayer, Son Xiin Min, Keyn.
Ogohlantirishlar: Diop (11), Frederiks (39), Devis (70), Keyn (87), Snodgrass (87).

Bosh sahifaga
295