Superliga. «Dinamo» so'nggi yarim soatda 5ta gol o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462

Superliga 24-turi doirasida Bekobodga safar qilgan “Dinamo” jamoasi navbatdagi mag'lubiyatni qarshi olishga majbur bo'ldi.
Samarqandliklar bir soat davomida darvoza daxlsizligini saqlab turishdi. Ammo ular bekobodliklarning bosimiga dosh bera olishmadi. Boz ustiga, bahsning 62-daqiqasida "Metallurg" hisobni ochgach, uyog'iga mezbonlarni to'xtatib bo'lmadi. Yakuniy hisob – 5:0.
Superliga. 24-tur. 23 noyabr (shanba)
“Metallurg” – “Dinamo” 5:0
Gollar: Kamoliddin Tojiev 62, Zohid Abdullaev 70, Islombek Isoqjonov 75, Muzaffar Muzaffarov 88, Abror Toshqo'ziev 90+3.
“Metallurg”: 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbosjon Otaxonov, 10. Islombek Isoqjonov, 11. Bahrom Abdurahimov (14. Abror Toshqo'ziev, 53), 17. Muzaffarjon Muzaffarov, 18. Shavkat Mullajonov (77. Muhammad Isaev, 83), 21. Kamoliddin Tojiev, 22. Shahzodbek G'ofurbekov, 28. Stanislav Andreev, 55. Akbar Ismatullaev, 70. Sergey Tumasyan (15. Zohid Abdullaev, 62).
“Dinamo”: 1. Botirali Ergashev (22. Shohruhjon Raimov, 70), 4. Hakimxon Alamxonov, 7. Jasur Azimov, 10. Amirjon Safarov, 11. Qadamboy Nurmetov (23. Sardorbek Eminov, 69), 14. Bahodir Nasimov, 16. Bobur Qosimov, 18. Abbos Shodmonov, 24. Jasurbek O'rinov, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 34. Shohruhbek Abdurahmonov.
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Rustam Choriev
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Laziz Qo'chqorov
Bekobod. "Metallurg" stadioni.

Bosh sahifaga
293