Lempard: «Men «Tottenxem»ni boshqarmayman, 10 yildan keyin ham»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 538

«Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard hech qachon «Tottenxem»ni boshqarmasligini ta'kidladi.
«Ishonch bilan aytishim mumkinki, men "Tottenxem"ni boshqarmayman. Bu gapni 10 yildan keyin ham takrorlashim mumkin.
O'ylaymanki, bunday holat yuz bermaydi. Mourino bilan vaziyatimiz boshqacha. Joze turli jamoalarda ishlagan va biz uning tanlovini hurmat qilishimiz kerak.
Men esa «Chelsi»da 13 yil o'ynadim, klubga nisbatan mehrim cheksiz. U qalbimga juda yaqin. Shu bois, bu jamoani boshqarayotganimdan xursandman. Afsuski, shu sababga ko'ra «Tottenxem»ni boshqarmayman», – dedi Lempard.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250