Klopp: «Salohning ahvoli hamon xavotirga solmoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 540

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa hujumchisi Muhammad Salohning ahvoli haqida gapirib o'tdi. Avvalroq misrlik futbolchi «Kristal Pelas»ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi haqida ma'lumot tarqatilgan edi.
«Saloh kecha shug'ullandi, ammo u faqat biz istagan narsalarni bajardi. Bugungi mashg'ulot muhim ahamiyatga ega. Uning ahvoli yomonlashmadi, ammo uning holati hamon xavotirga soladi», - dedi Klopp.
Eslatib o'tamiz, Angliya chempionatining 13-turi doirasida «Kristal Pelas» - «Liverpul» o'yini 23 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256