«PSJ» Mbappega yangi shartnoma taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 557

«PSJ» rahbariyati hujumchi Mbappe bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
La Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga ko'ra, frantsiyalik futbolchi yangi shartnomaga imzo cheksa, 5 yil davomida 30 million evro yillik maosh va qo'shimcha bonuslar ola boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli futbolchining "Pari Sen Jermen" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan.
Mbappe bilan bog'liq vaziyatni "Real" kuzatib bormoqda. Kilian "PSJ" bilan yangi shartnoma imzolamasa, madridliklar uni kelasi yilning yozida sotib olishmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257