Mourino hech qachon «Tottenxem»ni boshqarmasligi haqidagi gaplariga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 464

Londonning “Tottenxem” klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourino “shporlar”ni hech qachon boshqarmasligi haqidagi gaplariga izoh berib o'tdi.
“Tottenhem” haqidagi so'zlarim? Bu “Chelsi”dan iste'foga chiqarilmasimdan oldin aytilgan edi. Zamonaviy futbol shunday.
Bir klubga sadoqatli bo'lish murabbiylar orasida yo'q. Hozir munosabatlar tezda o'zgarmoqda. Futbolchilar ham bir-biridan va murabbiydan charchab qolishi mumkin. Hammasi tezlashib ketdi.
“Manchester Yunayted”ga kelganimda qalbim boshqa klublardan holi bo'lgan. Jamoada ba'zi narsalar menga yoqmagan bo'lsa-da, muxlislar va xodimlarga mehr qo'yganman.
Endi e'tiborimni “Tottenhem”ga qarataman. Umid qilamanki, bu erda baxtiyor bo'laman va boshqalarni ham baxtiyor qilaman”, -deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, 2015 yil Mourino hech qachon “Tottenxem”ni boshqarmasligi haqida gapirgan edi.

Bosh sahifaga
203