“Evro-2020”: qolgan 4 ishtirokchi qachon ma'lum bo'ladi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 596

Ayni damda 2020 yilgi Evropa chempionatiga yo'llanma olishi kerak bo'lgan 24 ta terma jamoadan 20 tasi yo'llanmani hal qildi. Bu vazifani birinchilardan bo'lib uddalagan Ukraina terma jamoasi birinchi savatchadan joy oldi.
“Evro-2020” yo'llanmasini oxirgi bo'lib hal qilgan terma jamoa Uels bo'ldi. Rayan Giggz shogirdlari Vengriya terma jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etib, Evropa chempionatida o'ynash huquqiga ega chiqdi.
Evropa chempionatida jami 4 ta savatcha bo'lib, ular ayni damda quyidagicha ko'rinish olgan:
|
1-savatcha |
2-savatcha |
|
Italiya |
Frantsiya |
|
Angliya |
Polsha |
|
Belgiya |
Shveytsariya |
|
Ispaniya |
Xorvatiya |
|
Ukraina |
Rossiya |
|
Germaniya |
Niderlandiya |
|
3-savatcha |
4-savatcha |
|
Portugaliya |
Finlyandiya |
|
Turkiya |
Uels |
|
Daniya |
Millatlar ligasidan chiqqan jamoa |
|
Avstriya |
Millatlar ligasidan chiqqan jamoa |
|
Shvetsiya |
Millatlar ligasidan chiqqan jamoa |
|
Chexiya |
Millatlar ligasidan chiqqan jamoa |
Savatchalardan ko'rinib turibdiki, qolgan 4 ta jamoani Millatlar ligasi turniri aniqlab beradi. Ya'ni mart oyida bo'lib o'tadigan Millatlar ligasi pley-off o'yinlarining 4 nafar g'olibi Evropa chempionatiga yo'l oladi. O'z navbatida pley-offda g'olib bo'lish uchun 16 ta terma jamoa o'zaro kuch sinashadi.

Bosh sahifaga
279