Mourino: «Mavsum so'ngida «Tottenxem» yuqoriroq pog'onada bo'ladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 491

«Tottenxem» klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourino o'z oldiga qo'yilgan vazifalar haqida gapirdi.
«Shunchaki uchrashuvdan uchrashuvgacha o'ynab, har bir bahsda g'alaba haqida o'ylashimiz kerak. Keyingi, keyingi va keyingi o'yinlar haqida o'ylab, oxirigacha borishimiz lozim.
Mavsum so'ngida esa qaerda bo'lishimizni ko'ramiz. Ishonchim komil, hozirgiga nisbatan yaxshiroq pog'onada bo'lamiz. Klubni sevadigan barchaga baxt ulashish uchun sinovlarni intizorlik bilan kutyapman», - dedi Mourino "Mirror" nashriga bergan intervyusida.
«Tottenxem» APLning ushbu mavsumida 14-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278