Baydarka va kanoechilarimizning Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini qizg'in davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari Turkiyaning Belek shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda.
Mazkur yig'inda 15 nafar sportchimiz 4 murabbiy qo'l ostida shug'ullanyapti. Mashg'ulotlar reja asosida o'tmoqda. Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olib ulgurgan Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova faqat Olimpiadaga tayyorgarlik dasturi bo'yicha shug'ullanishayotgan bo'lsa, qolgan vakillarimiz litsenzion musobaqaga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Yig'in 28 noyabrga qadar davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
568