Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga qaytarildi. Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubiales xabar tarqatdi.
Uning so'zlariga ko'ra, Enrike yozda terma jamoa boshqaruvini tark etganidan keyin uning o'rnini egallagan Robert Moreno milliy jamoani tark etadi.
2018 yilning 9 iyul kuni Enrike Ispaniya terma jamoasi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan edi. Mutaxassis qizining og'ir kasalligi tufayli 2019 yilning mart oyida o'z lavozimini tark etgan edi. Uning qizi Ksana onkologik hastalik tufayli 29 avgust kuni hayotdan ko'z yumdi.
Ispaniya terma jamoasi saralashning "F" guruhida 26 ochko bilan Evropa chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325