JCh-2022 saralash. O'zbekiston - Falastin. Birinchi bo'limdan so'ng oldindamiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

JCh-2022 saralashi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Falastinga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limini yakunladi.
Bahsning 18-daqiqasida Shomurodovning goli evaziga terma jamoamiz hisobni ochishdi. Unga uzatmani Alijonov etkazgan. Bo'lim so'ngida Eldorda yana bir ajoyib imkoniyat yuzaga keldi, ammo "Rostov" futbolchisiga ozgina aniqlik etishmadi.
Shu tariqa, birinchi bo'limdan so'ng hozircha oldinda boryapmiz. Ikkinchi bo'limda O'zbekiston terma jamoasiga omad tilaymiz.
JCh-2022, saralash
O'ZBEKISTON - FALASTIN - 1:0 (birinchi bo'limdan so'ng)
Gol: Eldor Shomurodov (18)
19 noyabr 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:00
O'zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov - 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Rustam Ashurmatov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, Oleg Zoteev - 8.Ikrom Aliboev, 9.Odil Ahmedov, 13.Sanjar Qodirqulov - 10.Jaloliddin Masharipov, 17.Dostonbek Hamdamov, 14.Eldor Shomurodov.
Falastin: 22.Rami Hamada, 3.Muhammad Rashid, 5.Yosir Hamid, 7.Musab Battat, 11.Yosir Islom, 14.Abdulloh Jobir, 15.Abdullatif Bahdariy, 18.Solih Chihadeh, 20.Nazmi al-Badaviy, 21.Islom Batran, 23.Muhammad Darvish.
Bosh hakam: Navof Shukrulloh Abdulla G'ayyat (Bahrayn)

Bosh sahifaga
449