Noyxaus "Borussiya M" bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

Myonxengladbaxning "Borussiya" yarim himoyachisi Florian Noyxaus klub bilan 2024-yilgacha yangi shartnoma imzoladi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.
Florian "Borussiya"ga 2017-yilning iyunida "Myunxen 1860"dan ko'chib o'tgan edi, ammo ikkinchi mavsumni "Fortuna"da ijara asosida o'tkazdi.
2018-yil yozidan beri 22 yoshli Noyxaus "Borussiya M" safida to'p surib kelmoqda.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda Florian "Borussiya M" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
344