Baxtiyor Namozov sohil futboli bo'yicha Jahon chempionatida ishlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 413

Joriy yilning 21 noyabr — 1 dekabr kunlari sohil futboli bo'yicha Jahon chempionati o'tkaziladi. Bu galgi mundialga Paragvay mezbonlik qiladi.
Sohil futboli bo'yicha Jahon chempionatida 16 ta yurt terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib boradi.
Diqqatga sazovor jihati shundaki, mundial bahslarida hamyurtimiz Baxtiyor Namozov hakam sifatida uchrashuvlarni boshqarib boradi.
Qayd etish joiz, Osiyodan 4 nafar referi Jahon chempionatiga taklif etildi. Ular – Ibrohim Al Mansuri (BAA), Suhaymiy Mat (Malayziya), Shao Liang (Xitoy) hamda Baxtiyor Namozov (O'zbekiston).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339