Evro-2020ning 19ta ishtirokchisi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 532

Navbatdagi o'yinlardan keyin Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritgan yana ikkita jamoa nomi aniq bo'ldi.
Shu tariqa, qit'a chempionatida ishtirok etadigan 24ta terma jamoadan 19tasi aniqlandi. Ular: Rossiya, Ukraina, Belgiya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Turkiya, Frantsiya, Angliya, Chexiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Germaniya, Gollandiya, Xorvatiya, Avstriya, Portugaliya, Daniya va Shveytsariya.
Evropa chempionatiga qur'a tashlash marosimi 30 noyabr kuni Buxarest shahrida o'tkaziladi.
Evropa chempionati 2020 yilning 12 iyunidan 12 iyuliga qadar Evropaning 12ta shahrida o'tkaziladi. Final bahsi esa Londondagi «Uembli» stadionida o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
484