Vitoriya Gretsiya klubini boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

Moskvaning “Spartak” klubi sobiq ustozi Rui Vitoriya Gretsiyaning “Panatinaikos” klubini boshqaradi.
Hellas xabariga ko'ra, portugaliyalik yaqin bir necha soat ichida Afina klubi bosh murabbiyiga aylanadi. U jamoa bilan shartnoma imzolash uchun allaqachon Gretsiya poytaxtiga uchib bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Vitoriya "Spartak" bilan 2021 yilda ishlagan.
Keyin 2022-2024 yillarda Misr terma jamoasini boshqargan. Avvalroq “Benfika”, Saudiyaning “An-Nasr” va boshqa klublarda ham ishlagan.
"Panatinaikos" hozirda Gretsiya chempionati turnir jadvalida bor-yo'g'i sakkizinchi o'rinda bormoqda, jamoa 13 ochko to'plagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284