Sinxronchilarimiz Singapurdagi xalqaro musobaqada g'alaba qozonishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 372

15-17 noyabr kunlari Singapurda sinxron suzish bo'yicha an'anaviy Singapur ochiq chempionati o'tkazildi. Qit'amizning 10 dan ortiq sara sinxronchilari bahs olib boradigan mazkur musobaqa terma jamaomiz vakillari uchun ham omadli yakunlandi.
Duet yo'nalishida ishtirok etgan jamoamiz texnik mashq bo'yicha 75.64, erkin mashq bo'yicha 75.95 ball jamg'ardi. Yakunda 151.59 ball to'plagan qizlarimiz musobaqaning oltin medaliga sazovor bo'lishdi. Musobaqada ikkinchi o'rin vetnamlik sinxronchilarga nasib etgan bo'lsa, mezbonlar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Delegatsiyamiz ertaga Toshkentga qaytib keladi. Terma jamoa tarkibi:
Trener: Bortnikova Oksana Ivanovna.
Sportchilar: Anastasiya Morozova, Anna Eltiisheva.
Zaxira: Nafisa Shomirzaeva.

Bosh sahifaga
334