O'zbekiston – Falastin uchrashuvini bahraynlik hakamlar boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382

O'zbekiston milliy terma jamoasi 19 noyabr kuni JCh-2022 saralash bahslari doirasida Falastinga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuvni bahraynlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Navaf Shukrulloh. Unga qanotlarda hamyurtlari – Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat va Muhammad Jafar Muhammad Salmon yordam beradi. Zaxira hakami – Ammar Ibrohim Hasan Mahfud.
JCh-2022 saralash. Osiyo mintaqasi, "D" guruhi, 6-tur. 17:00
O'zbekiston – Falastin
Bosh hakam: Navof Shukrulloh Abdulla G'ayyat (Bahrayn)
Yordamchi hakamlar: Yosir Halil Ibrohim Abdulla Tulefat (Bahrayn), Muhammad Jafar Muhammad Salmon (Bahrayn).
Zaxira hakami: Ammar Ibrohim Hasan Mahfud (Bahrayn).
Nazoratchi: Chi Ho Lam (Gonkong).
Komissar: Song Huang (Xitoy).

Bosh sahifaga
508